
Jamiyat
Oʻzbekistonda 10 ta yirik uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi
Ular tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilib, fuqarolar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlariga faol aralashgan.

Ular tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilib, fuqarolar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlariga faol aralashgan.

Ular oshkora jamoat tartibini buzib, bezoriliklar sodir etishgan, fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazish orqali pul topish bilan shugʻullanishgan.

Ularning 42 nafari muqaddam sudlangan boʻlsa, 34 nafari jangovar sportchilar hisoblanadi.

Bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy guruhlar domiga tushib qolayotgani qayd etildi.

Ular soxta korxonalar ochib, xorijga amalda eksport qilinmagan mebel mahsulotlari uchun qaytarilgan QQS summasidan 24 mlrd. 580 mln. soʻmni talon-toroj qilishgan.